Leonid Andreyev (yozuvchi)
Leonid Andreyev | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1871-yil |
Vafoti |
1919-yil 12-sentyabr Neivola, Finlandiya |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya |
Yoʻnalish | Ekspressionizm, realizm, simvolizm, naturalizm |
Faoliyat yillari | 1889-1919 |
Leonid Nikolayevich Andreyev (21- avgust 1871-yil, Oryol, Rossiya imperiyasi – 1919-yil 12-sentyabr, Neivola, Finlandiya) – rus yozuvchisi va dramaturgi. Rus adabiyoti kumush asrining yorqin yozuvchilaridan biri. Andreyev rus ekspressionizmining asoschisi hisoblanadi. Uning ijodiy uslubi o‘ziga xos bo‘lib, turli adabiy yo‘nalishlar uyg‘unligidan iborat.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oryolda yer tuzuvchisi Nikolay Ivanovich Andreyev (1847–1889) va Anastasiya Nikolayevna Andreyeva, polshalik yer egasining qizi oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidanoq oʻqishga qiziqish bildirgan. Oryol klassik gimnaziyasida tahsil olgan (1882–1891). U Shopengauer va Xartmanning asarlarini sevib oʻqigan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning yoshlikdagi taʼsirchanligi va oʻsmirlik tasavvuri uni bir necha bor beparvo harakatlar qilishga undagan: 17 yoshida oʻz irodasini sinab koʻrishga qaror qildi va yaqinlashib kelayotgan porovoz yoʻli orasiga yotgan, ammo zarar koʻrmagan. Oʻrta maktabni tamomlagach, Andreyev Sankt-Peterburg universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirdi; Otasining oʻlimidan soʻng, uning oilasining moliyaviy ahvoli yomonlashdi va Andreyevning oʻzi spirtli ichimliklarni isteʼmol qila boshladi. Bir vaqtlar Andreyev hatto och holatda ham qolgan.U Sankt-Peterburgda birinchi hikoyalarini yozishga harakat qilgan, lekin o'z xotiralarida eslaganidek, uning asarlarini Haq to'lamaganligi uchun tahririyatdan qaytarishgan. Shundan soʻng Moskva universitetining yuridik fakultetiga oʻqishga kirdi. Moskvada, Andreyevning soʻzlariga koʻra: „moddiy hayot yaxshiroq edi: oʻrtoqlar va qoʻmita yordam berdi“[1]. 1894-yilda, sevgi muvaffaqiyatsizligidan soʻng, Andreyev oʻz joniga qasd qilishga urindi. 1897-yilda universitetda yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi, lekin deyarli advokatlik bilan shugʻullanmadi, faqat bir muncha vaqt Moskva sud okrugida qasamyod qiluvchi advokatning yordamchisi boʻlib xizmat qilgan[2]. 1897-yilda oʻzining jurnalistik faoliyatini „Moskovskiy vestnik“ va „Kuryer“ gazetalarida boshladi. U oʻzining felyetonlarini Jeyms Linch taxallusi bilan imzolagan. 1898-yilda „Kuryer“ jurnalida uning birinchi hikoyasi „Bargamot va Garaska“ nashr etildi. Andreyevning soʻzlariga koʻra, hikoya Dikkensga taqlid qilingan, ammo yosh muallifni Maksim Gorkiy payqagan va u Andreyevni koʻplab yosh yozuvchilarni birlashtirgan „Znanie“ nashriyot hamkorligiga taklif qilgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andreyevga 1901-yilda „JIzn“ jurnalida „Jili-bili“ hikoyasi nashr etilgani shon-sharaf olib kelgan.
Hikoyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1892-yil – V xolode i zolote
1898-yil – Bargamot i Garaska
1899-yil – Angelochek
1899-yil – Drug
1900-yil – Molchaniye
1900-yil – V tyomnuyu dal
1900-yil – Prazdnik
1901-yil – Bezdna
1901-yil –Stena
1902-yil – V tumane
1902-yil – Misl
Romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1903-yil –Jizn Vasiliya Fiveyskogo
1904-yil – Krasniy smex
1907-yil – Iuda Iskariot
1908-yil – Moi zapiski
1908-yil – Rasskaz o semi poveshennix
1911-yil – Sashka Jegulyov
1916-yil – Igo voyni
1919-yil – Dnevnik Satani
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vadim Leonidovich (1902–1976) – shoir, jamoat arbobi.
- Daniil Leonidovich (1906–1959) – shoir, nosir, tasavvuf faylasufi.
- Savva Leonidovich (1909–1970) – rassom, balet raqqosi.
- Vera Leonidovna (1910–1986) – nosir, memuarist.
- Valentin Leonidovich (1912–1988) – rassom, xoreograf, yozuvchi, tarjimon. Yozuvchi cherkov tavbasi va yurak kasalligidan vafot etgan
Oryol shahridagi manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1871–1891 – Andreyevlar oilasining ajdodlar uyi – 2-Pushkarnaya koʻchasi, 41-xonadon[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Чуковский К. Собрание сочинений. Т. 6. Дневник (1901—1921). С. 184
- ↑ Императорский Московский университет 2010.
- ↑ „Музей Л. Андреева в г. Орёл“. 2009-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 24-iyul.