Lab bichilishi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lab bichilishi, angulit - ogʻiz burchaklarida paydo boʻladigan yoriqlar va yassi qavariqlar. Infeksion kasallik, bunda ogʻiz burchagining shilliq qavati va terisi zararlanadi. Organizmda V2 vitamin yetishmasligi, milk kasalliklari, nordon va achchiq ovqatlarni muntazam isteʼmol qilish, koʻp soʻlak ajralishi, ogʻiz boʻshligʻini yaxshi parvarish qilmaslik va boshqa sabab boʻladi. Stafilokokklar, streptokokklar, ayrim takomillashmagan zamburugʻlar (qarang Bakteriyalar) qoʻzgʻatadi. Koʻpincha, labini yalab yurishga oʻrganib qolgan bolalar va oʻsmirlar, shuningdek, yasama tish qoʻydirganlarda uchraydi. Lab burchaklaridagi teri va shilliq qavat namlanib qizaradi, keyin sariq qoʻtir bilan qoplanib, yoriladi va ogʻriydi. Zamburugʻlar qoʻzgʻatgan boʻlsa, kasallik ogʻiz boʻshligʻi shilliq pardasiga oʻtishi mumkin (qarang Kandidoz). Davoni vrach tayinlaydi. Surunkali Lab bichilishi organizda vitamin yetishmasa, uzoq davom etadi, shunga qaramay toʻgʻri davo qilinsa, butunlay tuzalib ketadi. Lab bichilishining oldini olishda toʻgʻri ovqatlanish, servitamin mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilib turish, shuningdek, ogʻiz boʻshligʻi va tishlarni doimo toʻgʻri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega (qarang Tish).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |