Paramach
Paramach, anjir goʻmma — somsa turlaridan biri. P.ning qatiqli P., oshirma P. xillari bor. Qatiqli P., tayyorlash usuli: 2 dona tuxum atalanib, 1,5 stakan qatiq, 100 g sariyogʻ yoki margarin, 2 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq choy sodasi, 1 kg chamasi un solib, yumshoq xamir qoriladi. Xa-mir bir oz tindirib qoʻyiladi. 20— 30 g li zuvalachalar yasab, qalinligi 2–3 mm li jildlar yoyiladi. Jildga qiyma solib, oʻrtasi tangadek ochiq qoldirib, jimjima qilib tugiladi. Tovadagi qizdirilgan yogʻda past olovda avval toʻntarib (ochiq tomoni bilan), soʻngra oʻnglab qoʻyiladi, pishirish davomida P. ichiga qoshikda 1—2-marta yogʻ tomizib turiladi (qovurish uchun 0,5 kgyogʻ kerak boʻladi). Oshirma P. 0,5 l iliq sutga 1 dona tuxum, 2 choy qoshiq tuz, 100 g sariyog, 20 g xamirturush (drojji) solib yumshoq xamir qoriladi. Xamir oshgach, qatikdi P. singari tugib pishiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |