Kontent qismiga oʻtish

Anxoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anxueydan yoʻnaltirildi)

Anxoy, Anxuey — Xitoy sharqidagi provinsiya, Yanszi daryosi boʻyida. Maydoni 140 ming km². Aholisi zich, 56 mln. kishi (1990). A.ning Yanszi daryosidan shimolidagi, yaʼni Buyuk Xitoy te-kisligidagi qismi pasttekislik, janubiy qismi togʻlik. Iqlimi subtropik konti-nental, musson taʼsiri kuchli. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan 4° gacha, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°. Koʻp yerlarda yiliga 1000 — 1500 mm, Xuayxe daryosidan shimoliyda 600 — 700 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari koʻp, yiriklari Yanszi, Xuayxe. Tuprogʻi unumdor. Dehqonchilikda gʻalla ekinlari, ayniqsa sholikorlik katta oʻrin tu-tadi. Xuayxe daryosidan shimolida bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, indov, rami, tama-ki, loviya, paxta, togʻ yon bagʻirlarida choy ekiladi. Choy, tamaki va sholi yetishti-rish jihatidan A. Xitoy provinsiyalari orasida 3-oʻrinda turadi. Choʻchqachilik, oʻrmon xoʻjaligi, konchilik sanoati va me-tallurgiya rivojlangan. A.da toshkoʻmir (Xuaynan), temir rudasi (Dantu), mis (Tunguanshan), achchiqtosh, oltingugurt, fosforit qazib chiqariladi. Bir necha elektr stansiya va issiqlik elektr markazlari bor. Dantu shahri yaqinida metallurgiya zavodi, Uxu shahrida kemasozlik korxonalari, Xefey, Banbu shaharlarida qishloq xoʻjaligi mashinasoz-ligi va metallsozlik, bir qancha joylarda tegirmon, objuvoz, yogʻ, choy, ip gazlama, qogʻoz korxonalari bor. Barcha yuklarning 2/3 qismidan koʻprogʻi daryo va koʻllarda tashiladi. Asosiy portlari: Uxu, Yuy-sikou (Yanszi boʻyida), Banbu (Xuayxe boʻyida). Maʼmuriy markazi — Xefey.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil