Apellyatsiya
Apellyatsiya (lot. appellatio – murojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) – sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli. Apellyatsiya Fransiya jinoyat-protsessual kodeksiga (1808-yil), jahonning boshqa koʻpchilik davlatlari jinoyat-protsessual qonunlariga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasida 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan amalga kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksida ushbu tartib koʻrsatilmagan, ammo apellyatsiya tartibida ish koʻrishning ayrim aniq masalalariga oid qismlari yangi jinoyat-protsessual kodeksining 490-moddasida nazarda tutilgan qoidaga koʻra, apellyatsiya kassatsiya instansiyasida ish koʻradigan sudda qoʻllanadi. Sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoʻl qoʻyilgan davlatlarning jinoyat-protsessual qonunida apellyatsiya tushunchasi 2-bosqich sudida jinoyat ishini mazmunan hal qilish uchun yangidan koʻrish mumkinligini bildiradi. apellyatsiya sudi (2-bosqich sudi) hukmning qonuniyligi va asosligini faqat shikoyat (protest)da koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tekshiradi. Apellyatsiya sudi ishdagi yozma materiallarga tayanib, oʻz qarorini qabul qiladi. Bu sudda 1-instansiya sudida soʻroq qilingan guvoxlar takroran soʻroq qilinmaydi, dalillarni bevosita va ogʻzaki tekshirish, sud ishlarini yuritishdagi tortishuv, mahkumni himoya huquqi bilan taʼminlash va ishni uzoq muddat davomida koʻrishdek holatlar chegaralanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |