Asqar Akayev
Asqar Aqayev | |
---|---|
Qirgʻiziston Prezidenti | |
Mansab davri 1991-yil – 2003-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Qurmanbek Bakiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-oktyabr 1944-yil Kemin, Qirgʻiziston SSR |
Mukofotlari | |
Imzosi |
Asqar Akayev (1944.10.10, Qirgʻiziston Respublikasining Kemin tumani) — Qirgizistoning birinchi prezidenti. Qirgʻiziston davlat va siyosat arbobi. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Mehnat faoliyatini 1961-yil „Frunzemash“ zavodida chilangar katta oʻqituvchi, Leningrad aniq mexanika va optika institutida doktorant. 1976-yildan Frunze politexnika institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri. 1986 −87 yillarda Qirgʻiziston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri, 1987-yildan Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi vise-prezidenti, 1989-yildan prezidenti. 1990-yil 27-oktyabrdan Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti. Bir necha marta rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan. Fizik optika va golografiya boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Bir qancha universitetlar, jumladan OʻzMUning faxriy doktori (1996).
Qirgʻiziston davlat va siyosat arbobi. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademik (1987), texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Mehnat faoliyatini 1961-yil „Frunzemash“ zavodida chilangarlikdan boshlagan. Leningrad aniq mexanika va optika institutini tugatib (1968), shu institutda avval laborant, soʻng aspirant. 1972-73 yillarda Frunze politexnika institutida assistent, katta oʻqituvchi, Leningrad aniq mexanika va optika institutida dok-torant. 1976-yildan Frunze politexnika institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri. 1986 — 87 yillarda Qirgʻiziston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri, 1987-yildan Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, 1989-yildan prezidenti. 1990-yil 27-oktyabrdan 2005-gacha Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajargan. Bir necha marta rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan. Fizik optika va golografiya boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Bir qancha universitetlar, jumladan OʻzMUning faxriy doktori (1996).[1]
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asqar Akayev prezidentlik vaqtida bir qator korrupsiya holatlariga aralashganlikda ayblangan va qidiruv eʼlon qilingan. Akayev necha payt Rossiyada qochqinlikda yashagan. 2021-yilning 2-avgust kuni ayblovlar uchun qonuniy chora koʻrish maqsadida Qirgʻizistonga olib kelindi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Қирғизистоннинг қидирувда бўлган собиқ президенти Бишкекка олиб келинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 август.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |