Aralash oʻgʻitlar
Aralash oʻgʻitlar, mineral oʻgʻitlar aralashmasi — tarkibida ikki va undan ortiq oziq moddalari boʻlgan tayyor oʻgʻitlar aralashmasi. Aralash oʻgʻitlar bir jinsli, yaxshi sochiluvchan boʻlishi ke-rak, ularni tayyorlashda oʻgʻitlarni ara-lashtirish qoidalariga rioya qilinishi lozim. A.oʻ. zavodda ham, xoʻjaliklarda ham tayyorlanishi mumkin. Oʻgʻitni zavodda aralashtirish agronomiya talabiga mos keladi. Xoʻjaliklarda bir komponentli oʻgʻitlardan barvaqt aralashma tayyorlash va uni saqlash mumkin emas, chunki bunda ularning fizik xususiyati yomonlashadi. Ekinga qarab A.oʻ.da asosiy oʻgʻitlar nis-bati har xil boʻladi. Kaliy bilan yetarli taʼminlangan gʻoʻza maydonlarida shud-gorlash va ekish vaqtida oʻgʻit solishda azot 1: fosfor 2,5: kaliy 0 va azot 1: fos-for 4: kaliy 0 yaxshi nisbat hisoblanadi. Tuproqning shoʻri yuviladigan sharoitlarda gʻoʻzaga fosfor-kaliyli va azot-fosforli A.oʻ. solish samaraliroqdir. Ularni qoʻshimchalar — mikroelementlar, gerbitsidlar, insektitsidlar qoʻshib ham tayyorlash mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |