Arabiston gʻoʻzasi
Qiyofa
(Areyzian g‘o‘zasidan yoʻnaltirildi)
Arabiston gʻoʻzasi, areyzian gʻoʻzasi (Gossypium areysianum Defl .) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi F3, xro-mosomalar soni 2p=26. Birinchi mar-ta M. A. Deflers taʼriflab bergan. 1953-yildan oʻrganilmoqda. Arabiston yarim orol janubiy qismi, xususan Yamanda (issiq joylardagi dara va jarliklarning toshloq yoqalarida oʻsadi) tarqalgan. A.gʻ. tik oʻsuvchi monopodial buta, boʻyi 3 m gacha yetadi. Oʻsimlikning koʻsagi may-da, dumaloq, uchi oʻtkir, uch chanoqli, pi-shib yetilishi bilan tukilib ketadi. Har bir chanogʻida 2 — 3 tadan chigit buladi. Chigiti mayda, uzunchoq, 9 — 11 mm gacha uzunlikdagi kulrang mayin tuklar bilan qoplangan. A.gʻ. qurgʻokchilikka chidamli boʻlib, dengiz sathidan 700 — 2000 m ba-landlikdagi juda issiq joylarda oʻsadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |