Kontent qismiga oʻtish

Argʻanun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arg‘andan yoʻnaltirildi)


Argʻanun, argʻan (arab., yun. organon) — maxsus meshlardan yoʻnaltiriladigan havo yordamida tovushlar yuzaga keladigan yirik musiqa cholgʻu asbobi. A. Yevropa va Sharq xalqlari musiqa amaliyotida qadimdan (miloddan avvalgi 4-asr) mashhur boʻlib, oʻrta asr qoʻlyozmalarida turlicha tasvir-langan. Qomuschi olimlar Banu Muso bin Shokir (9-asr) va Abu Abdulloh al-Xorazmiy (Yu-asr)larning maʼlumotlariga koʻra, A. bir necha qoramol terisidan tayyorlangan uchta mesh va ularga birikti-riluvchi 12 tadan 40 tagacha boʻlgan yoʻgʻon-ingichka mis naylardan tarkib topgan. Meshlarga havo bir necha kishi yordamida puflab kiritilgan — pnevmatik A., havo suv bosimi yordamida sadolanuvchi — me-xanik A., shuningdek har bir nayini bir kishi chalgan A. turlari boʻlgan. 14 — 15-asrlarda A. Yevropada ancha takomil-lashtirilib, unga klavishlar oʻrnatilgan (qarang Organ). Forobiy, al-Isfahoniy, Ibn Sino, Xusrav Degʻlaviy, Alisher Navoiy va boshqa sharq mutafakkirlarining asarlarida A. va uning ijrosidagi musiqaning estetik taʼsir imkoniyatlari tasvirlan-gan. 17 — 19-asrlardagi maʼlumotlarga koʻra, A.ning boshqacha shakllari ham sharq xalqlarida keng qoʻllangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil