Kontent qismiga oʻtish

Argʻun ibn Abaqaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arg‘un ibn Abaqaxondan yoʻnaltirildi)
Argʻun ibn Abaqaxon
Tavalludi 1258
Vafoti 10-mart 1291 va 7-mart 1291
Fuqaroligi Moʻgʻuliston va Yuan
Otasi Abaqa

Argʻun ibn Abaqaxon (1250/1255 -1291) – elxoniylardan boʻlgan Eron hukmdori (elxoni) (1284 – 91). Abaqaxan xristianlik va ayniqsa buddizmga xayrixoh boʻlgan. Yevropa davlatlari hukmdorlari (Fransiya va Angliya qirollari, shuningdek Rim papasi) bilan Misrga qarshi birgalikda yurish maqsadida yozishmalar olib borgan. Biroq bu rejalar amalga oshmagan, chunki harbiy kuchlar Movarounnahr va Xurosonda zarur boʻlib qolgan. Xurosonda amir Navroʻz qoʻzgʻoloni boshlanib, unga Movarounnahrdan ham yordam kelgan. Abaqaxan bu qoʻzgʻolonni bostira olmagan. Oltin Oʻrda xoni Mangu Temurning 1290-yili Darband darvozasi orqali Eronga hujumi daf qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil