Kontent qismiga oʻtish

Botallo yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arterial yoʻldan yoʻnaltirildi)
Botallo yoʻli.

Botallo yoʻli (16-asr italyan vrachi L. Botallo nomidan) (ductus Botallo), arterial yoʻl — quruqlikda yashovchi umurtqalilar embrionida oʻpka arteriyasini orqa aortasi bilan bogʻlaydigan 6arterial yoyning yuqori bulimi. Yurakning oʻng qorinchasi (yoki bir butun qorinchaning oʻng boʻlagi)dan kelgan qonning kupi hali takomil etmagan kichik qon aylanish doirasidan oʻtmay, Botallo yoʻli orqali aortaga boradi. Koʻpchilik hayvonlar tugʻilganidan keyin bu yoʻl berkilib, boylamga aylanib ketadi.

Odamlarda Botallo yoʻli homilaning oʻpka arteriyasini aorta bilan bogʻlaydi. Ona krrnidagi embrion taraqqiyoti davrida bolaning oʻsishi uchun zarur boʻlgan oziq moddalar, kislorod ona qoni orqali homilaga boradi. Onadan keladigan >d kislorodli qonning bir qismi yurakt ning oʻng boʻlmasiga quyilib, koʻp qis| mi ovalsimon teshik orqali chap boʻlmaI chaga, qolgan qismi oʻng qorinchaga, undan oʻpka arteriyasiga oʻtadi. Lekin homilada oʻpka hali ishlamasligi tufayli oʻpka arteriyasidagi qon yurakning embrion rivojlanishida paydo boʻlgan arteriya yoʻli orqali aortaga quyilib tanaga tarqaladi. Bola tugʻilishi bilan mustaqil qon aylanish boshlanib, kislorod almashishi oʻpka orqali bajariladi, natijada arteriya yoʻli puchayib, biriktiruvchi toʻqimali boylamga aylanadi. Baʼzan Botallo yoʻli berkilmay qolib, qon aylanishi keskin buziladi (qarang Yurak porogi), bunday hollarda albatta jarroxlik usuli qoʻllanadi.[1]

  1. "Botallo yoʻli" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil