Kontent qismiga oʻtish

Snaryadlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Artilleriya snaryadlaridan yoʻnaltirildi)

Snaryadlar, artilleriya snaryadlari (rus. snaryad — asbob) — toʻplar, minomyotlar, reaktiv artilleriya qurollaridan otishga muljallangan oʻqdori turi. S, asosan, tana (korpus), trasser (iz qoldiruvchi) va portlatgichdan iborat; faolreaktiv va reaktiv S.da qattiq yoqilgʻili dvigatel ham boʻladi; ayrim artilleriya Siga stabilizator (yoʻnalishni toʻgʻrilovchi) ham qoʻyiladi. Artilleriya Si kalibriga koʻra, kichik kalibrli (20–76 mm), oʻrta kalibrli (76–152 mm) va yirik kalibrli (152 mm dan yuqori) turlarga, qoʻllanilishiga koʻra, asosiy, maxsus va yordamchi guruhlarga boʻlinadi. Asosiy guruhsagi S.ga fugasli, oskolkali, fugasoskolkali, kumulyativ (portlash taʼsiri bir yoʻnalishda jamlangan), zirhteshar, betonteshar S. kiradi. Ular dushmanning jonli kuchlari, jangovar texnikasi, mudofaa inshootlarini shikastlash uchun otiladi. S.ning maxsus turlari (yorituvchi, tutun tarqatuvchi va aktatsion S.) jangovar vazifalarni bajarishni taʼminlash uchun muljallangan. S.ning yordamchi guruxlaridan esa poligonsinov va oʻk^v mashqlarida foydalaniladi. S.ning ichki qismi portlovchi modda (zaryad), fugas, fugasoskolka, kumulyativ, tutun hosil qiluvchi moddalar va boshqa bilan toʻldiriladi. S.ning quvvati zaryadining turi va massasiga bogʻliqboʻladi. Quvvat snaryadning toʻlalik koeffitsiyenti (portlovchi modda portlash zaryadi massasining toʻliq zaryadlangan snaryad massasiga nisbati) bilan aniklanadi. Bu koeffitsiyent fugasli S. uchun 25%, fugasoskolkali va kumulyativ S. uchun 15%, zirhteshar S. uchun 2,5% gachani tashkil qiladi. Oskolkali S.ning quvvati shikastlovchi oskolkalarning soni va shikastlash zonasi radiusi bilan ham ifodalanadi.