Kontent qismiga oʻtish

Boris Asafyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Asafyev Boris Vladimirovichdan yoʻnaltirildi)
Boris Asafyev
Tavalludi 17 (29) iyul 1884
Vafoti 27-yanvar 1949[1]
Fuqaroligi SSSR va Rossiya Imperiyasi

Boris Vladimirovich Asafyev [taxallusi — Igor Glebov, 1884.17(29).7, Peterburg — 1949.27.1, Moskva] — rus musiqashunosi, kompozitor. Akademik (1943). Peterburg universitetini (1908), Peterburg konservatoriyasini (1910) tugatgan. Musiqa tarixiga oid asarlar (mas, „Glinka“ kitobi, 1947), musiqa (xususan intonatsiya) nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar (jumladan „Musiqa shakli jarayon sifatida“, 1971, 2-nashri) muallifi. 28 balet, 11 opera, 4 simfoniya va boshqa asarlar yaratgan. Turkiston xalqlari, xususan, oʻzbek, qozoq musiqasini ilmiy tahlil etgan. Oʻzbek musiqa merosi haqida („Oshiq Gʻarib“ baletini yaratish jarayonida, 1940; ikki jiddlik „Oʻzbek xalq qoʻshiqlari“ bilan tanishganidan soʻng, 1939) qimmatli fikrlar biddirgan. A.ning asarlari (mas, „Boqchasaroy favvorasi“) oʻzbek sahnasida qoʻyilgan.[2]

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil