Kontent qismiga oʻtish

Hasan Qaygʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Asan Qayg‘idan yoʻnaltirildi)

Hasan Qaygʻi, Asan Qaygʻi (toʻliq ismi Hasan Sobit uli) (taxminan 1370—1465, Sariarqa (Ulitov)) — usta jirov. Ijodi Xorazm oʻzbeklari, qoraqalpoq va qozoqlari orasida keng tarqalgan. Oltin Oʻrda xonlaridan Ulugʻ Muhammad saroyida xizmat qilgan. Ulugʻ Muhammad vafotidan soʻng Dashti Qipchoqqa qaytgan. H.Q.ning sheʼr toʻlgʻovlari hozirgacha xalq orasida mashhur. Ularning aksariyati soʻnggi davrlarda yozib olinib, baʼzi birlari eʼlon qilingan ("Koʻlda yurgan qoʻngʻir gʻoz, qir qadrini ne bilsin", "Oq bilaging boʻlmasa, bilaguzuk solmoq ne foyda" va boshqalar). Asarlarida shoir xalq taqdiri, ahvoli haqida koʻp oʻylab, qaygʻurib, gʻam chekkan (Qaygʻu — "Qaygʻi" taxallusi ham shundan). Sheʼrlari falsafiy-didaktik mazmunda boʻlib, turli toʻplam, antologiya, bayozlarga kirgan. Dastlab Toʻgʻaloq Molda uning sheʼrlarini "Hasan Qaygʻi soʻzi" nomi bilan nashr ettirgan (1938). Xalq orasida "Hasan Hofiz" nomi bilan mashhur.