Kontent qismiga oʻtish

Muxtor Ashrafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ashrafiy Muxtor Ashrafovichdan yoʻnaltirildi)
Muxtor Ashrafovich Ashrafiy
Tavalludi 6-noyabr 1912-yil
Buxoro, Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 15-dekabr 1975-yil(1975-12-15)
(63 yoshda)
Janrlar Opera
Kasbi kompozitor, dirijyor.
Fuqaroligi Buxoro xonligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, SSSR va Rossiya Imperiyasi

Muxtor Ashrafovich Ashrafiy (1912.11.6, Buxoro – 1975.15.12, Toshkent) – kompozitor, dirijyor. Oʻzbek operasi asoschilaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1939).

Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida tahsil olgan (1928—1930). Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. S. Shexter, M. O. Shteynberglardan taʼlim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik boʻyicha tugatgan (1948).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yildan Oʻzbek musiqali teatri, keyinchlik Navoiy nomidagi Oʻzbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori (1967—1971), 1944-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi, professor (1953-yildan), rektori (1947–62; 1971—1975). Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori (1964—1966).

Birinchi asari – „Sodrash“ marshi T. Sodiqov va Sh. Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Ustozi S. N. Vasilenko bilan hamkorlikda ilk oʻzbek operalari „Boʻron“ (Komil Yashin librettosi, 1939) va „Buyuk kanal“ (Komil Yashin va Mamajon Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. „Qahramonlik“ (1942), „Gʻoliblarga shon-sharaflar“ (1944) simfoniyalari, „Dilorom“ (Komil Yashin va M. Muhamedov librettosi, 1958), „Shoir qalbi“ (I. Sulton librettosi, 1960—1961) operalari, „Sevgi tumori“ (1969), „Matonat“ (1971), „Muhabbat va qilich“ (1973) baletlari, „Rustam haqida doston“ (1975, „Shohnoma“ asosida) oratoriyasi oʻzbek musiqa madaniyatiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. „Vaqt taronasi“ kantatasi (1952), „Bahor yeli“ (1937), „Nasriddin Buxoroda“ (B. Arapov bilan hamkorlikda, 1942), „Opa-singil Rahmonovalar“ (1954), „Natashaxonim“ (1965), „Koniyut gʻorining siri“ (1967), „Semurgʻ“ (1972), „Gang uzra tong“ (1975) kabi kinofilmlarga musiqa yozgan, sim-fonik poema va syuitalar yaratgan. „Dilorom“ operasi asosida birinchi oʻzbek film-operasi yaratildi.

„Hamza“ nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) hamda J. Neru (1971), J. A. Nosir (1972) xalqaro mukofotlari laureati.

  • Qizi — Muqaddima (1936—2013), sharqshunos
  • Oʻgʻli — Firuz (1937—2009), arxitektor
  • 4 nafar nabirasi bor[1].

Nomini abadiylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent konservatoriyasi va Toshkentdagi koʻchalardan biriga Ashrfiy nomiga berilgan. Toshkentda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi tashkil qilingan. Shuningdek, Buxoro markazida uning nomi bilan ataladigan koʻcha bor. Abdurauf Fitrat asos solgan musiqa maktabi hozirgi kunda Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga aylantirilgan va unga Muxtor Ashrafiy nomi berilgan[2].

As: Oʻzbek qushiqlari, T., 1939; Vto-raya simfoniya, M., 1942, Pervaya simfoniya („Geroicheskaya“), M., 1945; Kantata „Oʻzbekiston“, T., 1948; Tadjikskaya tansevalnaya syuita, M., 1957; Arii iz operi „Dilorom“, T., 1972; „Amulet lyubvi“, klavir, T., 1973; Muzika v mosi jizni, T., 1975.Ad..Djabbaro v A., Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Pekker Ya. B., Oʻzbekskaya opera, M., 1984.[1]




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil