Muhsinjon Ashurov
Muhsinjon Xurramovich Ashurov (I949, Samarqand) – fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), professor (1995), fizika-mat, fanlari doktori (1989). Samarqand Davlat Universitetini bitirgan(1971). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi intida tadqiqotchi xodim, IG Ig laboratoriya mudiri, direktor oʻrinbosari (1971-91), "Fonon" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1991-yildan). Ilmiy ishlari qattiq jismli lazerlar fizikasiga oid. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib optik va lazer kristallarni oʻstirish va shu kristallarni xalq xoʻjaligiga bevosita tatbiq etish bilan shugʻullangan. Shu bois "Fonon" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi vujudga keldi. Birlash-mada Oʻzbekiston Respublikasi orden, medallari va nodir tan-galari tayyorlanadi. Ashurov lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv (dozasi 10* R va undan yuqori) nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yoʻqotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratildi. Ashurov 1- va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |