Askaniya-Nova
Askaniya-nova – davlat dasht qoʻriqxonasi, Ukrainaning Xerson viloyatidagi Chaplin tumanida. Ukraina janubida dashtlarning tabiiy oʻsimlik qoplamini saqlash maqsadlarida 1828-yilda xususiy qoʻriqxona tarzida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada iqlimlashtirish hayvonot bogʻi va dendropark (daraxt va butalarning 120 dan ortiq xili oʻstiriladi), Ukraina "Askaniya-Nova" dasht rayonlari chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Iqlimlashtirish hayvonot bogʻida turli mamlakatlardan keltirilgan yovvoyi hayvonlarning noyob kolleksiyasi toʻplangan: antilopa, bizon, zubr, zebra, lama, bugʻular uchun tabiiy yashash sharo-itlari yaratilgan. Yovvoyi qushlarning 270 dan ortiq turi bor (nandu, oqqushlar, flamingo, Afrika tuyaqushi, turnalar va boshqalar). Qoʻriqxonada Prjevalskiy otlari muvaffaqiyatli koʻpaytirilmoqda. Qoʻriqxonada turli yoʻnalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |