Kontent qismiga oʻtish

Samarqand qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Samarqand qoʻgʻirchoq teatri, Asror Joʻrayev nomidagi Samarqand viloyat qoʻgʻirchoq t yeatri — bolalar teatri. 1978-yil 1 sentabrda Gʻayratiyning "Ali kichkina" spektakli bilan ochilgan. Teatr jamoasi teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan 18 nafar yoshlardan tashkil topdi. Yangi teatrga Odil Norboyev bosh rejissyor, B. Rubinov bosh rassom etib tayinlandi. "Qaqildoq" (L. Boboxonov), "Satirik miniatyuralar qoʻgʻirchoklari oʻynaganda" (YULasskiy), "Kishki ertak" (V. Iogelson, A. Anisimov) va boshqa birinchi mavsum spektakllari boʻldi. Bular orasida tomoshabinlarga manzur boʻlgan "Dadavoy dangasa" (L. Mahmudov) 1000 martaba qoʻyilgan. Teatr oʻzbek va rus guruhidan iborat. Yosh teatr jamoasining yuksalishi, repertuarini shakllanishi, aktyor va rej.larni toʻgʻri yoʻnaltirishda V. S. Iogelson, 3. L. Alibekovalarning xizmati katta. "Timsoh gena", "Ajoyib ertak", "Pahlavonlar qayerga ketishdi", "Alijon sehrgar" kabi spektakllarni oʻzbek va rus tillarida V. Iogelson sahnalashtirdi. Opasingil Zloyanovalar, O. Abdullayev, S. Rizazada, N. Volokitina, R. Nizomboyev, M. Mirzaahmedov, M. Muhiddinova kabi aktyorlar spektakllar muvaffakiyatini taʼminladilar. "Samar va Kand" M. (Xalil), "Obi hayot" (M. Ashurova), "Baxilning bogʻi koʻkarmas" (J. Maxmudov), "Oʻrmondagi voqea", "Kachal Botir hangomasi", "Fleytachi Santa", "Yaxshi va yomon", "Uchar gilam", "Sehr saltanati" (A. Boboaliyev), "Morozko", "Dyuymovochka" (V. Diyorova), "Makkor tulkicha", "Biz Vinni Pux boʻlib oʻynaymiz" (A. Mil), "Hoji tamtam hangomasi" (B. Muhammadiyev) kabi spektakllar teatrda soʻnggi yillar qoʻyilgan eng yaxshi asarlardir. 2002-yil Yaponiya va Janubiy Koreyada oʻtkazilgan futbol boʻyicha jahon chempionatiga bagʻishlab YUNESKO tomonidan tashkil etilgan "Deyjon qoʻgʻirchoq teatri va koʻcha ijrochiligi" festivalida "Hoji tamtam hangomasi" spektakli bilan qatnashib sovrin olgan. Teatr hozirgi kunda ijodiy jihatdan yuksalish yoʻlida. 1992-yil H. Olimjon nomidagi teatr binosiga koʻchib oʻtgan. A. Muhammadjonov, N. Hojimetova, M. Malikov, A. Abdurazzoqov, J. Jabborov, Ye. Xoʻjayeva va boshqa yetakchi aktyorlardir.

Eson Oʻrinov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil