Kontent qismiga oʻtish

Asteroids

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asteroids (video oʻyin)dan yoʻnaltirildi)
Asteroids
Ishlab chiqaruvchi Atari, Inc.
Nashir etuvchi Arkada
Atari 7800
Atari Corporation
Chiqarilgan sana Arcade
Atari 2600
Atari 8-bit
Atari 7800
Game Boy
Geymdizayner Lyle Rains
Ed Logg
Janr Koʻp yoʻnalishli otishma
Platformalar Arcade, Atari 2600, Atari 7800, Atari 8-bit, Game Boy
Oʻyin rejimlari Yolgʻiz oʻyinchili, Koʻp oʻyinchili


Asteroids - bu kosmosga oid koʻp yoʻnalishli otishma arkadali videooʻyin. 1979-yil noyabr oyida Lyle Rains va Ed Logg muallifligida Atari, Inc kompaniyasi tomonidan chiqarilgan[4]. Oʻyinchi vaqti-vaqti bilan uchar likopchalar oʻtadigan asteroidlar maydonida bitta kosmik kemani boshqaradi. Oʻyin maqsadi asteroidlar va likopchalarni otish va yoʻq qilishdir. Ushbu jarayonda ular bilan toʻqnashmasdan yoki likopchalarning qarshi otishiga urilmasdan harakat qilinadi. Asteroidlar soni ortib borishi bilan oʻyin ham qiyinlashib boradi.

Asteroids Logg va Rains hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, ular Govard Delman ilgari Lunar Lander uchun ishlatgan uskunadan foydalanishgan. Asteroids Kosmos nomli tugallanmagan oʻyinga asoslangan edi. Oʻyinning fizik modeli, boshqaruv sxemasi va elementlari Spacewar!, Computer Space va Space Invadersdan olingan va xatolari sinov jarayonlarida tuzatilgan. Oʻyin vektor displeyda ikki oʻlchovli koʻrinishda namoyish etiladi.

Asteroids arkada oʻyinlari oltin davrining birinchi yirik xitlaridan biri boʻldi. Oʻyin 47 840 tik turadigan oʻyin konsollari va 8 725 kokteyl oʻyin konsollari joylashgan arkada kabinetlarida sotilgan. Oʻyin oʻyinchilar orasida mashhur, ishlab chiquvchilar orasida taʼsirli ekanligini isbotlay olgan. 1980-yillarda oʻyin Atarining uy tizimlariga oʻtkazilgach, Atari VCS versiyasi uch million nusxadan ortiq sotilgan[5]. Oʻyin keng miqyosda ommalashib, bevosita Defender, Gravitar va boshqa koʻplab videooʻyinlarga ham taʼsir qildi[6].

Oʻyin jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asteroidlar va likopchalar bilan oʻralgan kema.

Asteroidsning maqsadi asteroidlar va likopchalarni yoʻq qilishdir. Oʻyinchi uchburchak shaklidagi kemani boshqaradi. Kema chapga va oʻngga harakatlanadi, toʻgʻri oldinga oʻq uzadi va oldinga siljiy oladi[7]. Kema bir yoʻnalishda harakatlana boshlagach, agar oʻyinchi boshqa yoʻnalishga surmasa, kema oʻyinchi aralashuvisiz oʻz yoʻnalishida bir muddat davom eta oladi. Oʻyinchi aralashuvi boʻlmasa kema oxir-oqibat toʻxtaydi. Shuningdek, oʻyinchi kemani giperkosmosga ham yuborishi mumkin. Bu harakat esa oʻz-oʻzini yoʻq qilish yoki kemaning ekrandan gʻoyib boʻlib, tasodifiy maydonda paydo boʻlishiga olib keladi. Bu holda asteroid tepasida paydo boʻlish xavfi ham mavjud boʻladi[8].

  1. Akagi, Masumi. アーケードTVゲームリスト国内•海外編(1971-2005) (yaponcha). Japan: Amusement News Agency, 13-oktabr 2006-yil — 34–5, 40–1-bet. ISBN 978-4990251215. 
  2. „Video Game Flyers: Asteroids, Atari, Inc. (UK)“. The Arcade Flyer Archive. Killer List of Videogames. Qaraldi: 22-mart 2021-yil.
  3. Akagi, Masumi. アーケードTVゲームリスト国内•海外編(1971-2005) (yaponcha). Japan: Amusement News Agency, 13-oktabr 2006-yil — 40–1-bet. ISBN 978-4990251215. 
  4. „Production Numbers“. Atari (1999). 2013-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2012-yil.
  5. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named RacingTheBeam
  6. „The Making of Defender“. Retro Gamer. № 55. Imagine Publishing. 2008-yil oktabr. 34–39-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  7. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
  8. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).