Kontent qismiga oʻtish

Toif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(At-Toifdan yoʻnaltirildi)

Toif, At-Toif — Saudiya Arabistonining jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Hijoz togʻlarida, 2000 m balandlikda joylashgan. Aholisi 250 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shosse yoʻl orqali ArRiyod va Makka sh.lari bilan bogʻlangan. Qishloq xoʻjaligi (chorvachilik, bogʻdorchilik va sabzavotchilik) rayonining savdo markazi. Kustar usulida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hukumatning yozgi qarorgohi joylashgan.