Kontent qismiga oʻtish

Hujum burchagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ataka burchagidan yoʻnaltirildi)
Qora chiziqlar bilan kelayotgan oqim tasvirlangan. α — hujum burchagi

Hujum burchagi yoki ataka burchagi — 1) (Aerodinamikada)- Uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak (rasm, α). Aerodinamik quvurda qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak Ataka burchagi boʻladi. Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik koʻrsatkichlari: koʻtaruvchi kuch koeffitsiyenti, roʻpara qarshilik koeffitsiyentini belgilaydi. Ataka burchagi kattalashea yoki kichiklashea, uchish apparati qanotiga taʼsir etuvchi aerodinamik kuch va momentlar va, demak, uchish rejimi ham oʻzgaradi; 2) (qishloq xoʻjaligida) — qishloq xoʻjalik quroli disksimon ish organining aylanish tezligi bilan uning harakat yoʻnalishi orasidagi burchak[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil