Kontent qismiga oʻtish

Atmosfera toʻlqinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atmosfera to‘lqinlaridan yoʻnaltirildi)


Atmosfera toʻlqinlari – Zichligi va harakat tezligi har xil boʻlgan ikki havo qatlami chegarasida hosil boʻluvchi va rivojlanuvchi toʻlqinlar. Harakatdagi havo massalarining tezliklari farqi qancha katta, zichliklari farqi qancha kichik boʻlsa, Atmosfera toʻlqinlari shuncha katta boʻladi. Xillari:

  1. Gelmgols toʻlqinlari – zichligi va harakat tezligi oʻzaro farq qiladigan ikki havo qatlami chegarasida hosil boʻladigan qisqa toʻlqinlar;
  2. Yerning aylanishida hosil boʻladigan ogʻish kuchi taʼsir qiluvchi siklonli (frontal) toʻlqinlar;
  3. Bosim va harakat maydonlarining yirik masshtabli oʻzgarishlari natijasida kelib chiquvchi toʻlqinlar (Rossbi toʻlqinlari), shuningdek tropopauza, seysmik toʻlqinlar, atmosferaning koʻtarilish va pasayish toʻlqinlari[1].
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil