Atom toʻqnashuvlari
Atom toʻqnashuvlari – atom zarralarining yadro tuzilishi va holati oʻzgarmagan holda oʻzaro ta’sirlashuv jarayoni. Atom toʻqnashuvlari gazlardagi elektr razryadlarida, plazma fizikasi va boshqa jarayonlarda muhim oʻrin tutadi. Zarralarning oʻzaro ta’sir etish vaqtida ularning umumiy kinetik energiyasi oʻzgarmay saqlanishi yoki ichki energiyasi oʻzgarishi natijasida kinetik energiya muvozanati saqlanmasligiga qarab, Atom toʻqnashuvlari elastik va elastikmas toʻqnashuvlarga; elastikmas Atom toʻqnashuvlari oʻz navbatida 1- va 2-tur toʻqnashuvlarga boʻlinadi. 1-tur toʻqnashuvlar natijasida zarralarning kinetik energiyasi ka-mayadi va aksincha, 2-tur toʻqnashuvlarda ularning kinetik energiyasi oʻz ichki energiyalari hisobiga ortadi. 1-tur ela-stikmas toʻqnashuvlarga elektronlar, ionlar va atomlar urilishi yoki yorugʻlik yutilishi natijasida gazning ionlashish va uygʻonish jarayonlari kiradi. 2- tur elastikmas toʻqnashuvlarga rekombina-siya (qarama-qarshi zaryadli zarralarning neytrallashishi), uygʻotilgan atom va elektron orasidagi urilishlar kiradi. Bunday urilishlar natijasida atom normal holatga qaytadi, elektron esa qoʻshimcha kinetik energiyaga ega boʻladi. Elastik Atom toʻqnashuvlari ga elektronlar va ogʻir zar-ralarning sochilishi hamda bir jinsli gaz atomi va ioni oʻrtasidagi elektron almashish jarayoni kiradi. Atom toʻqnashuvlari shu ja-rayonning effektiv koʻndalang kesimi o va uning toʻqnashuvchi zarralar nisbiy tezligiga bogʻliqligi bilan ifodalanadi. Elastik Atom toʻqnashuvlari qonuniyati bir oz murakkab. Kichik tezlikdagi elektronlar va yengil atom zarralari (N, Ne atomlari va ney-tron) Atom toʻqnashuvlari kvant mexanika qonunlariga, ogʻir zarralar va katta tezlikdagi elek-tronlar klassik mexanika qonunlariga boʻysunadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |