Mehtar Anbar madrasasi
Madrasa | |
Mehtar Anbar madrasasi
Attor madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Koʻkaldosh MFY, Bahouddin Naqshband koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Asosiy sana: 1870-yillar
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Mehmonxona |
Hujralar soni | 15 |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Mehtar Anbar madrasasi (Attor madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Mehtar Anbar nomli mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa 1870-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Mehtar Anbar guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida bunyod etilgan[2].
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.
Hozirda inshootda Mehtar Anbar nomli mehmonxona oʻz faoliyatini olib boryapti[3].
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[2], 22 ta hujradan iborat[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 „Медресе Мехтар Анбар (Аттор)“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ „Гостиница «Мехтар Амбар» (Hotel Mekhtar Ambar)“. Doloreshotels.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi, 2017 — 332—333-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.