Kontent qismiga oʻtish

Eduard Avanesov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Avanesov Eduarddan yoʻnaltirildi)

Eduard Sergeyevich Avanesov (1932-yil 30-yanvar, Ashxobod — 1995-yil 8-avgust, Toshkent) — o‘zbek sovet sport jurnalisti, sharhlovchisi. Yozuvchi, shoir, ssenariychi. Sportchi, og‘ir atletika bo‘yicha SSSR sport ustasi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari spartakiadasi chempioni. 1967-1976-yillarda Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

U 1932-yil 30-yanvar sanasida Ashxobodda arman oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak sport sharhlovchisi Ashxobod yuridik instituti va Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Eduard sport gazetalarida — „Futbol“, „Sovet sporti“, „Sovet vatanparvari“, „Sharq haqiqati“, „O‘zbekiston sportchisi“ hamda O‘zbekiston televideniyesida maxsus muxbir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u o‘zbek tilidagi futbol adabiyotlarini chiqarish tashabbuskori.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport kitoblari muallifi:

Futbol kalendar-solnoma va dasturlarining tuzuvchi-muallifi:

  • „Futbol-69“ (Toshkent, 1969-yil)
  • „Futbol-71“ (Toshkent, 1971-yil)
  • Futbol-72 (Toshkent, 1972-yil)
  • „Futbol-73“ (Toshkent, 1973-yil)
  • „Futbol-74“ (Toshkent, 1974-yil)
  • „Futbol-78“ (Toshkent, 1978-yil)
  • „Futbol-79“ (Toshkent, 1979-yil)
  • „Futbol-83“ (Toshkent, 1983-yil)
  • „Futbol-86“ (Toshkent, 1986-yil)
  • „Futbol-88“ (Toshkent, 1988-yil)
  • „Futbol-89“ (Toshkent, 1989-yil)
  • „Futbol-90“ (Toshkent, 1990-yil)
  • „Paxtakor“-91. Mavsum dasturi (Toshkent, 1991-yil)
  • „Futbol-1991. Ikkinchi davrasi“ (Toshkent, 1991-yil)

E.Avanesov „Spartakiadaning uch zarbasi“, „Sobir qilichi“, „Yashil o‘tdagi oq to‘p“, „Jahon chempioni Rufat Risqiyev“ va boshqa hujjatli filmlar ssenariylari muallifi sanaladi.

Sheʼrlar to‘plami nashrdan chiqqan.

Taniqli sport sharhlovchisi 1995-yil 8-avgustda Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.