Kontent qismiga oʻtish

Avaz Oʻtar uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avaz oʻtar uy-muzeyidan yoʻnaltirildi)

Avaz oʻtar uy-muzeyi – adabiy-memorial muzey. Avaz tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ichan qal’ada u yashagan uy oʻrnida qurilgan binoda ochil-gan (1984). Muzey oldida shoirga haykal oʻrnatilgan. U 4 xonadan iborat: 1- xonaga Avaz asarlaridan namunalar, suratlari, albomlar, ustoz va shogirdlarning kitoblari va boshqa qoʻyilgan; 2- xonani shoirning otasi Polvonniyozning kiy-im-boshlari, sandiq, koʻrpa-toʻshak, oʻchoq, chiroq, xurjun, miltiq va boshqa egallagan; 3- xona Avaz ijodxonasi: stol, kursi, lavh, shamdon, oyna, siyohdon, qalamdon bor, tokchaga kitoblar terilgan, shuning-dek shoirning kiyim-kechaklari va boshqa qoʻyilgan; 4- xona mehmonxona, unda da-sturxon, choynak-piyola, patnis, koʻrpacha, naqshli stol, soat va boshqa bor, devoriga soʻzana, dutor osilgan. Muzey eksponatlari 3 mingga yaqin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil