Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya gʻoʻzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avstraliya g‘o‘zasidan yoʻnaltirildi)

Avstraliya gʻoʻzasi (Gossypium australe Mull.) – yovvoyi gʻoʻza turi. Geno-mi S3, xromosomalar soni 2p/26. Birinchi marta F. Myuller ta’riflab bergan (1858). Avstraliyada keng tarqalgan. Avstraliya gʻoʻzasi koʻp yillik buta, boʻyi 1–1,5 m gacha. Poyasi ingichka, kalta tuklar bilan qoplangan. Koʻsaklari kichik (diametri 1 sm gacha), sirti silliq, teskari tuxumsimon shaklda, 3–4 chanoqli, ochilishi oʻrtacha, chigiti mayda, uzunchoq, och kulrang, ipaksimon (uz. 5 mm gacha) tukchalar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi uncha qattiq emas. Avstraliya gʻoʻzasi eng tezpishar, koʻsagi 30 kunda pishib yetiladi. Oʻrgimchakkana va shiraga chidamli[1].

  1. "Avstraliya gʻoʻzasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil