Sofiya ibodatxonasi
Ayasofya (turkcha: Ayasofya; qadimgi yunoncha: Ἁγία Σοφία; lotincha: Sancta Sapientia; soʻzma-soʻz 'Holy Wisdom'), rasman Ayasofya masjidi (turkcha: Ayasofya-i Kebir Cami-i Şerifi)[1], Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan yirik madaniy, tarixiy masjid va sobiq cherkov. Sharqiy Rim imperiyasi tomonidan bu yerga ketma-ket qurilgan uchta cherkov binosining oxirgisi hisoblanadi. Masjid milodiy 537-yilda qurib bitkazilgan. Ushbu bino eramizning 360-1453 yillarigacha yunon pravoslav cherkovi boʻlgan. Toʻrtinchi salib yurishi va 1261-yillar oʻrtasida Lotin katolik cherkovi sifatida foydalanilgan[2]. 1453-yilda Konstantinopol qulagandan soʻng 1935-yilgacha masjid boʻlib xizmat qilgan, shundan soʻng muzeyga aylangan. 2020-yilda unga yana masjid maqomi berildi.
Hozirgi inshoot Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan 532-537-yillarda Vizantiya imperiyasi uchun Konstantinopol xristian cherkovi sifatida qurilgan. Bino yunon geometriyachilari Miletlik Isidor va Tralleslik Anthemius tomonidan loyihalashtirilgan[3]. U rasmiy ravishda Xudoning Muqaddas Hikmat cherkovi deb atalgan (grekcha: Ναὸς τῆς Ἁγίας τοῦ Θεοῦ Σοφίας)[4][5]. Bino Vizantiya arxitekturasining timsoli sanaladi[6][7]. Keyingi davr Vizantiya meʼmorchiligidan boshlab, Ayasofya paradigmatik pravoslav cherkoviga aylandi va uning meʼmoriy uslubi ming yil oʻtgach Usmonlilar tomonidan taqlid qilindi[8]. U „ xristian olamida oʻziga xos mavqega ega“[8] va Vizantiya va Sharqiy pravoslav sivilizatsiyasining meʼmoriy hamda madaniy belgisi sifatida tasvirlangan[8][9][10].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi cherkov Buyuk Cherkov (lotincha: Magna Ecclesia; qadimgi yunoncha: Μεγάλη Ἐκκλησία) nomi bilan tanilgan[11]. Chunki shahardagi zamonaviy cherkovlarning oʻlchamlari bilan solishtirganda uning kattaligi birinchi oʻrinda turadi[12]. 5-asrdagi cherkov tarixchisi Konstantinopol Sokratining maʼlumotlariga koʻra, imperator Konstantiy Irene deb nomlangan cherkov yonida Buyuk cherkov qurdirdi, u juda kichik boʻlgani uchun imperatorning otasi tomonidan kengaytirilib, obodonlashtirildi[13][14]. 7 yoki 8-asrlardagi anʼanaga koʻra, bino Konstantsiyning otasi Buyuk Konstantin tomonidan qurilgan (h. 306–337)[14]. Miletlik Gesychius Konstantin Ayasofiyani yogʻoch tom bilan qurdirganini va bu joydan 427 ta (asosan butparast) haykallarni olib tashlaganini yozgan[15].
Yaqin atrofdagi Aya Irina („Muqaddas Tinchlik“) cherkovi avvalroq qurib bitkazilgan, Buyuk cherkov qurib boʻlinmaguncha sobor sifatida xizmat qilgan. Aya Irinadan tashqari, shahar markazida 4-asr oxirigacha boʻlgan yirik cherkovlar haqida hech qanday maʼlumot yoʻq[16]. Rowland Mainstonning taʼkidlashicha, 4-asrda cherkovga hali Ayasofiya deb nom berilmagan edi[17]. Uning „Buyuk cherkov“ nomi boshqa Konstantinopolitan cherkovlariga qaraganda kattaroq ekanligini bildiradi[16].
Ken Dark va Yan Kostenecning fikriga koʻra, IV asr bazilikasining yana bir qoldigʻi Yustinian cherkovining gʻarbiy tomonidagi joylashgan boʻlishi mumkin[18]. Devorning yuqori qismi V asrga oid tamgʻalari bilan muhrlangan gʻishtdan qurilgan, pastki qismi esa IV asrga xos gʻishtdan qurilgan[18]. Bu devor, Konstantin va Teodosiya Buyuk cherkovlarining gʻarbiy qismidagi propylaeumning bir qismi boʻlgan[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Eyice, Semavi (1991). "Ayasofya" (tr). İslâm Ansiklopedisi [Hagia Sophia]. 4. Istanbul: Turkish Diyanet Foundation. 206–210 b. https://islamansiklopedisi.org.tr/ayasofya.
- ↑ Phillips, Jonathan. The Fourth Crusade and the sack of Constantinople. Penguin Books, 2005. ISBN 978-1-101-12188-7. OCLC 607531385.
- ↑ Kleiner, Fred S.. Gardner's Art Through the Ages: Volume I, Chapters 1–18, 12th, Mason, OH: Wadsworth, 2008 — 329-bet. ISBN 978-0-495-46740-3.
- ↑ Downey, Glanville (January 1959). "The Name of the Church of St. Sophia in Constantinople". Harvard Theological Review 52 (1): 37–41. doi:10.1017/s001781600002664x. ISSN 0017-8160. http://dx.doi.org/10.1017/s001781600002664x.
- ↑ Hamm, Jean S.. Term Paper Resource Guide to Medieval History (en). ABC-CLIO, 2010 — 39-bet. ISBN 978-0-313-35967-5. „Hagia Sophia, or the Church of Holy Wisdom, is one of the world's most spectacular churches, representing not only great beauty, but also masterful engineering.“
- ↑ Fazio, Michael. Buildings Across Time, 3rd, McGraw-Hill Higher Education, 2009. ISBN 978-0-07-305304-2.
- ↑ Simons, Marlise. „Center of Ottoman Power“. The New York Times (1993-yil 22-avgust). Qaraldi: 2009-yil 4-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Heinle & Schlaich 1996
- ↑ Cameron 2009 .
- ↑ Meyendorff 1982 .
- ↑ Müller-Wiener (1977), p. 84.
- ↑ Janin (1953), p. 471.
- ↑ Mainstone, Rowland J.. Hagia Sophia: Architecture, Structure and Liturgy of Justinian's Great Church (en). London: Thames and Hudson [1988], 1997 — 131-bet. ISBN 978-0-500-27945-8.
- ↑ 14,0 14,1 Janin (1953), p. 472.
- ↑ Patria of Constantinople
- ↑ 16,0 16,1 Dark, Ken R.. Hagia Sophia in Context: An Archaeological Re-examination of the Cathedral of Byzantine Constantinople (en). Oxford: Oxbow Books, 2019 — 11–12-bet. ISBN 978-1-78925-030-5.
- ↑ Mainstone, Rowland J.. Hagia Sophia: Architecture, Structure and Liturgy of Justinian's Great Church (en). London: Thames and Hudson [1988], 1997 — 132-bet. ISBN 978-0-500-27945-8.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Dark, Ken R.. Hagia Sophia in Context: An Archaeological Re-examination of the Cathedral of Byzantine Constantinople (en). Oxford: Oxbow Books, 2019 — 12–15-bet. ISBN 978-1-78925-030-5.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |