Oysha Sulton (Murod IV ning xotini)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oysha sulton — Usmonli sultoni Murod IV ning xotini, haseki-sulton.Oysha Sultonning haramiga tahminan 1627-yillarda kirgan va keyinchalik uning sevimlisiga aylangan.

Oysha Sulton Murod IV davrida unga 12 ta farzand dunyoga keltirdi.Ammo barcha oʻgʻillari yoshligida kasallikdan vafot etgan va qizlaridan 5 tasi tirik qolgan.Oysha Sultonning kunlik maoshi tahminan 1631-yillarga kelib 2000 aqchani tashkil qilgan.Oysha bu davrda saroyning eng kuchli honimlaridan biri boʻlgan.Oysha Sulton eri Murod lVning vafotidan soʻng Eski saroyga yuboriladi va qolgan hayotini oʻsha yerda yashaydi.Oysha Sulton tahminan 1679-yoki 1680-yilda vafot etgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oysha Sultonning aniq tugʻilgan yili va asl ismi nomaʼlum. U yoshligida Murod IV haramiga kirdi. Oysha IV Murod hukmronligining birinchi yarmida Sultonning yagona kanizaki yoki uning yagona hasekiysi boʻlgan boʻlishi mumkin. U toʻngʻich oʻgʻli Ahmad tugʻilgandan koʻp oʻtmay, 1627-yilda sevimli boʻldi. Keyinchalik, Ayse yana toʻrt oʻgʻil va etti qiz tuggan.

Bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1.Shahzoda Ahmet (1627-1640)
  • 2.Shahzoda Sulaymon (1632-1635)
  • 3.Sahhzoda Mehmet (1633-1640)
  • 4.Shahzoda Alaeddin (1635-1637)
  • 5.Shahzoda Abdulhamid (1638-1638)

Qizlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1.Gavharhon Sulton (1630-1661)
  • 2.Ismihon Sulton (1629-1633)
  • 3.Hafsa Sulton (1630-1656)
  • 4.Honzoda Sulton (1631-1681)
  • 5.Esmahon Kaya Sulton (1633-1659)
  • 6.Ruqiya Sulton (1640-1690)
  • 7.Safiya Sulton(1640-1685)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]