Ayimxon Aytjanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aytjanova Ayimxondan yoʻnaltirildi)

Ayimxon Aytjanova (1944.16.10, Shumanay tumanining Shumanay ovuli) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Nukus ped. institutining fizika-mat, fakultetini tugatgan (1966). 1966-yildan Xoʻjayli, Shumanay tumanidagi maktablarda oʻqituvchi, 1971-yildan Shu-manay tumanidagi 5-maktabda fizika va mehnat fani oʻqituvchisi. Aytjanova ta’lim berishda test usulidan, koʻrgazmali qurollar va kompyuterdan unumli foy-dalanadi. "Mehnat darsida qoraqalpoq milliy naqshlarini oʻrgatish" metodik qoʻllanmasi muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil