Kontent qismiga oʻtish

Ayuttxaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayutiyadan yoʻnaltirildi)

Ayuttxaya, Ayutiya, (rasmiy nomi Pra-Nakxonsi-Ayuttxaya) – Tailanddagi qadimgi shahar. Menam pasttekisligining markaziy qismida. Aholisi 100 ming kishi atrofida. A. Markaziy Tailandda temir yoʻl bilan Menam daryosi kesishgan joydagi muhim savdo-transport tu-guni, sholikorlik rayonining markazi. Sholi oqlaydigan, vino va konserva zavodlari bor. Hunarmandchilik (kumush buyumlari ishlab chiqarish) taraqqiy etgan. A. 1350-yilda bunyod etilgan va birmaliklar vayron qilib tashlagunga qadar (1767) mamlakat poy-taxti boʻlgan. 19-asrda qayta bunyod etil-gan. A. tai xalqi qadimgi madaniyatining yodgorligidir. Na Praman (7 –9-asrlar), Buddasavan (14-asr), Rajapuran (15-asr), Pra Srisanpet (15 – 16-asrlar) ibodat-xonalari va saroylar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil