Ivan Ayvazovskiy
Ivan Konstantinovich Ayvazovskiy (Gayvazovskiy) (1817.17.7, Feodosiya — 1900.19.4) — rus rassomi. Armani oilasida tugʻilgan. 1845-yildan akademik, 1847-yildan professor, 1887-yildan Peterburg Birlashgan Assotsiyatsiyasining faxriy aʼzosi. Shuningdek, bir qator Yevropa Birlashgan Assotsiyatsiyalarining aʼzosi boʻlgan. 1845-yildandan Feodosiyada yashagan. Ayvazovskiy merosi 6 mingga yaqin rassomlik asarlarini tashkil etadi. Ayvazovskiy asarlari aso-san dengiz manzaralariga bagʻishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli toʻlqin va toʻfonlari, ularning sokinligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin boʻyoqlar bilan nafis ifodalanadi. Ayvazovskiyning „Toʻqqizinchi val“ (1850) asarining mazmuni dramatik boʻlishiga qaramay, kishida gʻussa tugʻdirmaydi; „Tungi boʻron“ (1864), „Shimoliy dengizdagi boʻron“ (1865), „Boʻron“ (1872), „Dengizda oydin tun“ (1878), „Qora dengiz“ (1881), „Feodosiyada oy chiqishi“ (1892) kabi manzaralari tundagi tabiyatning rangtasviridagi lirik ifodasidir. „Venetsiya“ (1849), „Malaga“ (1854), „Rodos oroli“ (1861), „Krit orolida“ (1867) kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880-yilda Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular Ayvazovskiy nomi bilan atala boshlandi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |