Akbar Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azimov Akbardan yoʻnaltirildi)

Akbar Azimov (1885 – Toshkent – 1969) – yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Otasi Saidazim Islomovdan hunar oʻrgangan. U oʻymakorlikdagi an’analarni davom ettirib, muqarnas va sharafalarni turli shakldagi taxtachalardan yigʻib, ularga naqsh berishda uziga xos usuli bilan tanilgan. Azimov Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan qatnashgan. Ishlaridan namunalar Oʻzbekiston davlat san’at muzeyida saqlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil