Kontent qismiga oʻtish

Azoboʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azobo‘yoqlardan yoʻnaltirildi)


Azoboʻyoqlar – molekulasida aromatik radikallar (ba’zi geterotsi-klik birikmalar)ni birlashtiruvchi bir yoki bir necha azoguruh boʻlgan organik boʻyovchi moddalar. Odatda A. tarkibiga muayyan sondagi aminoguruh, oksiguruh va boshqa guruhlar kiradi. Azoguruh soniga qarab mono-, di-, tri- va poliazoboʻyoqlar boʻlishi mumkin. A. molekulasi tarki-bida auksoxromlar boʻladi. Azobirik-malarda esa auksoxromlar boʻlmaydi. A. xilma-xilligi va sifati jihatidan boʻyoqlar orasida birinchi oʻrinni egal-laydi. Ularni hosil qilish uchun, av-valo, aromatik aminlar dia-zotirlash reaksiyasiga kiritiladi. Bunda hosil boʻlgan diazobirikmalarga, odatda aro-matik aminlar yoki fenollar ta’sir et-tirib, A. olinadi. A. kislotali, asosli, erimaydigan boʻyoqlar va boshqalarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, pigment A., lok A., moy va spirtda eriydigan A., atsetat ipagini boʻyaydigan A. va boshqa boʻladi. A. toʻqimachilik sanoatida, lok-boʻyoq, poli-grafiya, koʻnchilik, qogʻoz, rezina sanoa-tida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi (qarang Sintetik boʻyoqlar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil