Kontent qismiga oʻtish

Azotfiksatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azot to‘plashdan yoʻnaltirildi)

Azotfiksatsiya, azot toʻplash – mikroorganizmlarning molekulyar azotni oʻzlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot toʻplovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa oʻsimliklar bilan simbioz yashab, at-mosfera azotini oʻzlashtiruvchi bakte-riyalar hamda koʻk-yashil suvoʻtlar, azoto-bakter, aktinomitsetlar, klostridiyalar vakillari va boshqa tuproq bakteriyalaridan iborat erkin yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Molekulyar azotni biologik oʻzlashtiruvchilardan ratsional foyda-lanish hosilni oshirishga va mineral oʻgʻitlardan tejamli foydalanishga im-koniyat yaratadi.Fransuz olimi J. Bussengo yuksak oʻsimliklar, mas, dukkaklilar bilan sim-bioz holatda yashovchi azot toʻplovchilar ustida birinchi aniq tajribalar oʻtkazgan (1838). Ingliz olimlari G. Gelriger va G. Vilfart oʻz ilmiy ishlarida dukkakli oʻsimliklar ildi-zidagi soʻgalsimon oʻsimtalar bilan oʻsimlikning erkin azotni toʻplashi oʻrtasida bogʻliqlik borligini isbotlab berdilar (1888). 1866-yilda rus olimi M. S. Voro-nin tuganak toʻqimalaridagi mikroskop tanachalarni tavsiflab bergan. Golland mikrobiologi M. Beyerink 1888-yilda tu-ganak bakteriyalarni toza holda ajratib olgan. U tuganak bakteriyalar molekulyar azotni oʻzlashtirib, tuganaklar hosil qilishini asoslab berdi. Rus olimi S. N. Vinogradskiy 1893-yilda birinchi boʻlib azot toʻplovchilarni toza holda ajratib olishga muvaffaq boʻldi. Bu Clostridium pasteurianum deb atalgan spora hosil qiluvchi anaerob tayoqchalar edi (qarang Ana-eroblar). M. Beyerink 1901-yilda moleku-lyar azotni oʻzlashtirish qobiliyatiga ega boʻlgan aerob bakteriya – Azotobacter ni kashf qiladi (qarang Aeroblar).Toza bakteriyalar gazsimon azotni oʻzlashtirmaydi. Bu jarayon faqat yuksak oʻsimliklar bilan simbioz holatda yuz beradi. Bakteriyalar oʻsimlik sintez qilgan organik birikmalar bilan, oʻsimliklar esa oʻz navbatida tuganaklardagi bogʻlangan azot birikmalari bilan oziqdanadi. Bo-glangan azot tuganaklardan aminokis-lota shaklida oʻsimlikning yer ustki qismiga oʻtadi. Oʻzlashtirilgan azotning bir qismi ildiz orqali tuproqqa oʻtadi. Unumli azot toʻplanishini ta’minlovchi dukkakli oʻsimliklar bilan tuganakli bakteriyalar oʻrtasidagi munosabat ma’lum tadbirlar majmuasi (optimal na-mlik, yaxshi aeratsiya, temperatura, rN, harakatchan fosfor, kaliy, mikroelementlarning boʻlishi va boshqalar) yordamida amalga oshadi. Gʻoʻza – beda almashlab ekishda beda tuga-nak bakteriyalari har gektarda 100–150 kg azot toʻplaydi.Ergash Ziyamuhamedov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil