Kontent qismiga oʻtish

Azov (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Azovdan yoʻnaltirildi)

AzovRossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boʻyidagi port. Azov Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais oʻrnida barpo qilingan. Don daryosi Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga quyiladigan joydan 7 km be-rida. Aholisi 80,9 ming kishi (1992). Temir yoʻl stansiyasi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poli-texnika va industriya-pedagogika. texnikumlari, pedagogika. bilim yurti, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Azov oʻrnidagi Meotidada meotlar yasha-gan. Milodiy 10–11-asrlarda Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirgan. taxminan 1067-yil qipchoqlar tomonidan egal-langan va Azov oʻrnidagi qishloqqa Azuv (Azoq)xon nomini berganlar. 13-asrdan Oltin Oʻrdaga qarashli Azoq shahri boʻlgan, 14-asrda venesiyalik va genuyaliklarning koloniyasi (Tana) boʻlgan. 1395-yilda Amir Temur egallagan. 1471-yildan Turkiyaga qarashli qal’a. 1637–42 yillarda Azovni Don kazaklari egalladi. 1696-yilda Pyotr 1 qoʻshinlari bosib oldi. 1711-yilda Azov Turkiyaga qaytarib berildi. Biroq 1739-yildan yana Rossiya tarkibiga oʻtdi. 1775–82 yillarda Azov gubernyasi markazi, 1810-yildan Yekaterinoslav gubernyasi posadi. 1920-yil 1-martdan shahar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil