Kontent qismiga oʻtish

Germaniya — BAA munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Germaniya va BAA davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Germaniya, sariq rangda BAA koʻrsatilgan.

Germaniya — BAA munosabatlari Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.

Birlashgan Arab Amirliklarining Berlindagi elchixonasi.

1972-yil may oyida Germaniya Federativ Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. 2004-yil aprel oyida mamlakatlar strategik sheriklik oʻrnatilganligini eʼlon qildilar. 2009-yil yanvar oyida Germaniya va BAA tashqi ishlar vazirliklari ishtirokida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazishni boshlashga kelishib oldilar[1].

2015-yil avgust oyida BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Germaniyaga tashrif buyurdi. 2017-yilning iyul oyi boshida Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Abu-Dabiga keldi. 2017-yil may oyida Germaniya kansleri Angela Merkel 2016-yil may oyida Berlinga rasmiy tashrif bilan kelgan Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazish uchun BAAga tashrif buyurgan[1].

Savdo aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Germaniyaning BAAga eksporti 5,84 milliard yevroni tashkil etgan. Nemis kompaniyalari BAAdagi infratuzilma loyihalariga katta hissa qo‘shmoqda va mamlakatda muqobil energetikani rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynamoqda[2].

2016-yilda Germaniyaning BAAga eksporti taxminan 14,5 milliard yevroni tashkil etdi va bu BAAni (Saudiya Arabistoni bilan birga) Germaniyaning butun Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi eng yirik eksport bozoriga aylantirdi. BAAdan Germaniyaga mahsulot eksporti 0,9 milliard yevroni tashkil etadi. Germaniyaning BAAga eksporti: samolyotlar, avtomobillar, mashinalar, elektrotexnika va kimyo mahsulotlari. BAAning Germaniyaga eksporti: alyuminiy mahsulotlari va kimyo mahsulotlari[1] .

BAAda 900 ga yaqin nemis kompaniyalari, ularning aksariyati Dubay (600 ga yaqin) va Abu-Dabida, qolganlari esa beshta shimoliy mintaqalarida tashkil etilgan. BAAda 14500 ga yaqin nemis fuqarolari istiqomat qiladi, ularning aksariyati Dubayda joylashgan. Mamlakatlar havo transporti toʻgʻrisidagi bitim, investitsiyalarni himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolagan[1].

Diplomatik missiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „United Arab Emirates — Federal Foreign Office“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  2. Saudi Gazette, „UAE, Germany to cooperate in averting financial mayhem“ „Archived copy“. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-dekabr.
  3. „German Missions in the United Arab Emirates — Federal Foreign Office“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.
  4. „Berlin“. 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr.