Kontent qismiga oʻtish

Bagʻlon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bag‘londan yoʻnaltirildi)

BAGʻLON (baqtriycha bagolaggo – ibodatxona, sajdagoh) – Toharistonichnt eng qadimgi shaharlaridan biri. Milodning boshlarida u yerda "Podsho Kanishka Muzaffarning ibodatxonasi" joylashgan, uning harobalari Afgʻonistondagi hozirgi Bagʻlon shahri yaqinida. baland Surx koʻtal tepaligida saqlanib qolgan. U yerdan katta baqtriy yozuvida bitilgan toshtaxta topilgan, unga koʻra bu ibodatxona milodiy I-asrdagi Kushon podshosi Kanishka tomonidan qurilgan. VII-asrda xitoy sayyohi Syuan Szan Toharistonda Pokyelang mulkini qayd etib oʻtadi, u ilk oʻrta asrdagi Bagʻlonga toʻgʻri keladi. Bagʻlon yaqinidagi tepalikdan kushonlarning buddaviylikka oid tosh rslyeflari topilgan. Bu yerdan sal narida murabba shakldagi Shom qalʼa tepaligidan buddaviylikka oid tosh kapitellar va ustunlarning asosi topilgan. Bular kushonlar davrida Bagʻlon Baqtriya-Toharistonning yirik liniy markazlaridan biri boʻlganidan darak beradi.

Oʻrta asr manbalarida Bagʻlon baʼzan Baqlon shaklida ham uchraydi. Samʼoniyning yozishicha, Bagʻlon shahri ikki qismdan – yuqori Bagʻlon va quyi Bagʻlondan iborat boʻlgan, ularning har biri alohida shahar – "balda" hisoblangan. IX– X-asrlarda quyi Bagʻlonda jome masjidi boʻlgan. X-asrda yuqori Bagʻlonda mashhur istirohat yeri sa-nalgan "katta qishloq" boʻlgan. Bu yerda butun vodiy yam-yashil daraxtlarga burkangan, aholisi koʻp boʻlib, shaharga turli tomondan karvon yoʻllari kslib tutashgan; ov qilish uchun qulay joy sanalgan. Beruniygʻgʻshgʻt yozishicha, l-asrda u yerda baland bir tepalik boʻlib, uning tepasida zaharli quziqorinlar oʻsgan. Kuyi B. maʼmuriy markaz boʻlib, unda hokim saroyi joylashgan. Bagʻlon qadimgi nomini shu kungacha saqlab qolgan boʻlib Bagʻlon daryoning Kunduzdaryoga quyiladigan yeriga yaqin joylashgan. U yerda shifobaxsh Chashmai Shir bulogʻi mavjud. XIII-asr boshida Bagʻlonni moʻgʻullar bosib olgan. Moʻgʻullardan keyingi davr manbalarida Bagʻlon yirik shahar sifatida qayd etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil