Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Shoh II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bahadur Shah IIdan yoʻnaltirildi)
Bahodir-shoh II

Bahodir Shoh II (1775 – 1862) – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1837 – 1858).

U 1837 – 58 n.lari ram-ziy jihatdan toj va taxt vorisi boʻlsa ham uning na siyosiy, na ijtimoiy va na iqgisodiy mustaqilligi qolgan edi. Oʻsha paytdaga ingliz general-gubernatori Baxodirshohga ogohnoma yuborib, unda Dehlidagi Qizil qalʼada yashayotgan oxirgi podshohsan deb xabar beradi. Bu esa Boburiylar saltanatining nihoyaga yetganini bildirardi. 1857-yilda mamlakatda in-glizlar hukmronligiga qarshi sipohiylar qoʻzgʻoloni koʻtarilishi bilan xalq B.ni qoʻzgolon rahbari va Hindistonningoliy hukmroni deb eʼlon qiladi va undan om-mani ingliz mustamlakachilariga qarshi muqaddas kurashga daʼvat etmshni talab qiladi. Mustamlakachilardan qoʻrqib qolgan va ular ustidan galaba qozonishga koʻzi etmagan shoh xalq talabini rad etadi. Ammo qoʻzgʻolonchilar oʻzlari yozgan muro-jaatnomaga B.ni imzo chekishga majbur qiladilar.Bahodir Shoh II ning nomiga boʻlsa ham qoʻzgʻolonga boshchilik qilishi mamlakatda ingliz hukmronligiga katta xaf tugʻdirdi. Inglizlar B.ni asir olib, umrbod Myanma (Birma)ga surgun qildilar. B. urdu tilida Zafar taxallusi bilan ijod etgan mashhur shohr ham edi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Hoshimov I., Hindistondya Boburiylar sulolasi saltanati, T., 1996.