Kontent qismiga oʻtish

Bengaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bangoldan yoʻnaltirildi)
Bengaliya elchisi Bobur qabulida

Bengaliya, Bangol (bengal tilida — Bangla) — Osiyo jan.dagi tarixiy viloyat. Gang daryosining quyi oqimi havzasi va Gang, Brahmaputra darslari deltasida. Qadimda Bengaliyaning turli qismlari Anga, Vanga, Gauda kabi nomlar bilan mashhur boʻlgan. Bu hudud 10 — 12-asrlardan Bengaliya deb atala boshlagan. 13-asr boshlarida Dehli sultonligita qoʻshib olingan. 14-asr oʻrtalarida mustaqil davlat boʻlib olgan. 1575-yil boburiylartomonidan zabt etilgan. 18-asr boshlarida Bengaliya hududida yana mustaqil davlat vujudga kelgan. 1757-yil Bengaliyani Angliya oʻziga tobe qilgan. 1947-yil Hindiston ikkiga boʻlingandan soʻng, hindu bengʻallar yashaydigan Gʻarbiy Bengaliya Hindistonga, musulmon bengʻallar yashaydigan Sharqiy Bengaliya Pokistonga oʻtdi. Sharqiy Bengaliya 1971-yildan — Bangladesh davlati.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil