Beshyogʻoch
Beshyogʻoch, Beshogʻoch — oʻtmishda Toshkentdagi toʻrt dahadan biri. "Tarixi jadidai Toshkand" asarida (19~a.) Zangiota dahasi nomi bilan qayd etilgan. Daha nomi baʼzi olimlar (H.Hasanov) fikricha, qad. turkiy uzunlik, masofa oʻlchovi — ogʻochdan olingan (1 ogʻoch — 7–8 km). Muhammad Solihning "Tarixi jadidai Toshkand" asarida daha nomi beshyogʻoch qavmi, toifasi nomidan olingani aytilgan. S. Qorayevning maʼlumotiga koʻra, oʻzbek qoʻngʻirotlari tarkibida beshogʻoch urugʻi bor. Toshkentning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻkcha, Sebzor, Shayxontohur dahalari bilan tutash boʻlgan. B.ning chegarasi shim.-gʻarbdan Quyi Boʻzsuv boʻylab (hozirgi Uygʻur va samarqand darvoza koʻchalari oraligʻidan), sharq tarafdan Beshyogʻoch — Xadra yoʻnalishi boʻylab (hozirgi Furqat koʻchasidan) oʻtgan. Dahaning jan. tomonida bogʻ-rogʻlar joylashgan. B. hududidan Chuqurkoʻprik va Zaxariq jarliksoylari oʻtgan. B.dagi meʼmoriy yodgorliklardan Abulqosim shayx madrasasi mashhur. Dahada shaharning 3 darvozasi (Samarqand, Kamolon, Beshyogʻoch). 75 masjid, 3 madrasa (Abulqosimxon, Xoja Ahror, Koʻkaldosh), koʻplab xum-donlar boʻlgan. N.Mayevning maʼlumo-tiga koʻra, 1876-yil B.da 1400 xonadon (12450 kishi) yashagan. B. oʻzining bogʻlari, misgarlik buyumlari bilan shuh-rat qozongan. B.ning Samarqand dar-vozasidan bir farsax (6–7 km) narida Zangiota (Choʻponota mozori) joylashgan. 19-asr oʻrtalarida bu yerda B.liklar har yili qovun sayli oʻtka-zishgan. 20-asr boshlarida B.da 75 ta mahalla boʻlgan. Boʻzsuv dahani 2 qismga ajratgan, soʻl qirgʻogining ayrim qismigina Koʻkcha dahasiga tegishli boʻlib, unda koʻnchilik zavodlari va bogʻlar joylashgan. B. dahasi Anhordan suv oladigan bir qancha ariqlardan suv ichgan: Jartegirmon — dahaning Chorsu, Qoʻybozor, Mirlar, Suzukota mahallalaridan oqib oʻtib, Suzukotada yangi nom bilan Kichik Boʻzsuv atalib, shim.ga Samarqand darvoza tomon oqib, devor tagida chuqur jarlik hosil qilgan, keyinchalik Toshkentning eng xushmanzara joylaridan oqib oʻtib Boʻzsuvga quyilgan; Katta Tanishar — chuqurkoʻprik, Darxon va Chaqar mahal-lalarini sugʻorib Boʻzsuvga quyilgan. Bu 2 ariq orasida Anhordan chiqarilgan Kichik Tanishar ariq Oʻqchi, Eskioʻrda, Qoratosh, Koʻkmasjid, Sarfaroz, Jirlik masjiddan oqib oʻtib Suzukota mahallasida izi yoʻqolgan; Arpapoya— Arpapoya va Ters mahallalaridan oʻtib Katta tanisharga quyilgan; Quburariq shahar darvozasidan tashqarida Anhordan boshlanib Kamolon darvozasi yonidan shahar ichiga kirgan vaYangi, Kamolon, Chaqar va Eshonguzar mahallalarini sugʻorgan, soʻngra Katta Tanisharga quyilgan; Alamdor — shu nomdagi avliyo qabri yonidan boshlanib shaharga Kamolon va Samarqand darvozalari oʻrtasidan kirgan, Eshonguzar va Samarqand mahallalarini sugʻorib, Katta Tanisharga quyilgan. Bu ariqlar dahadagi koʻchalardan oʻtgan kichik ariqchalarning asosi hisoblangan. B. dahasining bogʻ va ekinzorlari Boʻrjar (Anhorning jan. tarmogʻi) va Zaxariklardan suv ichgan, ular Boʻzsuvga quyilgan. B. dahasida 3 ta karvonsaroy hamda kichik Tanishar arigʻi boʻyida joylashgan 13 ta tegirmon boʻlgan. Daha aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, bogʻdorchilik, gʻisht ishlab chiqarish, hunar-mandchilik (etikdoʻzlik, boʻyoqchilik, temirchilik, chilangarlik) va baqqollikdan iborat boʻlgan. Dahada 8 ta bozor boʻlib, ular Baland masjid, Ze-vak, Tersariq, Sarfaroz, Yangi, Eshonguzar mahallalarida, shuningdek, 2 tasi Chorsuda joylashgan. Chor-suda 2 bozor, qoʻy bozor va tuya bozor boʻlib, Eshonxon madrasasining vaqf yerlarini tashkil etgan. B.dagi madrasalarning har birida 60 tadan 100 tagacha mullavachcha oʻqigan. Bundan tashqari dahada 16 ta uy maktabi, shuningdek, har bir mas-jid qoshida bittadan maktab mavjud boʻlgan. Har bir 15 xonadonga 1 ta maktab toʻgʻri kelgan.
Chor Rossiyasi qoʻshinlari shahar devorini Kamolon darvozasi oldidan yorib kirib (1865-yil), Kamolon tepaligi va Kamolon koʻchasi boʻylab shaharga hujum qilganlar.
Mustaqillik davrida B. tubdan rekonstruksiya qilinib, obodonlashti-rilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mayev N., Aziatskiy Tashkent, Spb, 1876; Masalskiy V..I., Turkestanskiy kray, Rossiya, t. 19, Spb, 1913; Mallitskiy N G., Toshkent ma\alla va mavzelari, T., 1995.
Mashhura Sharipova.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |