Kontent qismiga oʻtish

Bhakti Gosvami

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bhakti Vigyana Gosvamidan yoʻnaltirildi)
Bhakti Vigyana Gosvami

Bhakti Vignana Gosvami, 2011-yil
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi
Vadim Tuneev

30-avgust 1956-yil (1956-08-30) (68 yosh)
Dini Hinduizm

Bhakti Vigyana Gosvami (asl ismi: Vadim Tuneev, 1956-yil 30-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) – Gaudiya Vaishnava guruhi va Krishna ongi xalqaro jamiyati (ISKCON) rahbari.

Bhakti 1980-yillardan beri Yoga amaliyotchisi va voiz boʻlib, yigirma yil davomida Rossiyadagi ISKCON jamoalariga rahbarlik qilib keladi. U Radhanath Swami shogirdi, monastir ordeniga qoʻshilishdan oldin kimyoviy fanlar olimi va molekulyar biologiya fanlari nomzodi boʻlgan[1].

Vadim Tuneev 1956-yil 30-avgustda Toshkentda ashaddiy ateist olimlar oilasida tugʻilgan. Uning onasi Toshkentdagi Fanlar akademiyasining filolog fanlari nomzodi, otasi esa Moliya instituti bitiruvchisi, Leningrad qishloq xoʻjaligi institutida kibernetika kafedrasi mudiri edi.

Vadim qiziquvchan bola boʻlib, asosan ilmiy fantastika boʻyicha koʻp kitoblar oʻqigan. U entomologiya va kimyoni, adabiyot, sheʼriyat, falsafa va tarixni yaxshi koʻrgan. Shuningdek, ingliz tilidan tashqari sanskrit, bengal va hind tillarini ham biladi. Hatha-yoga bilan shugʻullanib, vaqtini muqaddas joylarni ziyorat qilish, dunyo oyatlarini oʻrganish va yaqin dindor doʻstlar bilan aloqada boʻlish uchun sarflaydi.

Vadim 1973-yilda maktabni tugatib, oʻsha yili Moskva universitetiga kimyo fakultetiga oʻqishga kiradi. U doʻstlari orasida sodiq, ochiqkoʻngil va fidoyi talaba sifatida ajralib turgan.

1978-yilda Vadim Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Molekulyar biologiya institutining aspiranturasiga qabul qilingan. Shu bilan birga, universitet yotoqxonasida qoʻshni xonada yashovchi, Xare Krishna dindori boʻlgan Japa Dasa ismli talaba bilan doʻstlashgan. Keyin Gaudiya Vaishnavizm (induizm yoʻnalishi) bilan uchrashadi.

Vadim ushbu yangi doʻstlik taʼsirida vegetarian boʻlib, Bhagavad Gitani, klassik hind oyatlarini oʻqiy boshlagan. U turli xonadonlarda Xare Krishna yigʻilishlarida qatnashib, tez orada munchoqlarda Xudoning ismlarini talaffuz qilish meditatsion amaliyotini boshlaydi. Oʻsha davrdagi siyosiy rejim diniy eʼtiqodlilarga qattiqqoʻl munosabatda boʻlganligi sababli, uchrashuvlar koʻpincha yashirin tarzda boʻlgan. U oʻnlab talabalar bilan birga muntazam ravishda Moskva muhandislik-fizika institutining oʻquv zallarida Sergey Mitrofanov (keyinchalik Surya Dasa deb nomlangan) nutqlarini tinglash uchun yigʻilishgan[2].

2001-yilda Bhakti Vijnana Gosvami Bxaktivinoda Thakuraning sheʼrlar toʻplami boʻlgan Sharanagatining ruscha tarjimasini nashr etadi. Bundan keyin rus tilidagi bir nechta kitoblar hozirda ingliz tiliga tarjima qilinmoqda.

Faqat ikki nafar rus fidoyisi boʻlgan Vaidyanatha birinchi yili Shvetsiyada madaniyat va turmush tarzini qiyin deb topadi. U tarjima boʻlimi boshligʻi boʻlib, Shrila Prabxupada kitoblarini rus va Sovet blokining boshqa tillariga tarjima qilishda fidoyilar guruhiga rahbarlik qilgan.

  • Дударенок С. М. (Dudarenok S. M.) (2004) (2004), Научный редактор Е.А. Поправко (E.A. Amendment) (muh.), Нетрадиционные религии на Дальнем Востоке России: история и современность (Non-traditional religions in the Russian Far East: History and Modernity), Владивосток (Vladivostok): Издательство Дальневосточного университета (Far Eastern University Press), 532-bet, ISBN 5744416404
  • Здоровец Я. И., Мухин А. А. (2005), Конфессии и секты в России: религиозная, политическая и экономическая деятельность, М.: Центр политической информации, 201-bet
  • Мухин А. А., Здоровец Я. И. (2005), Религиозные конфессии и секты, М.: Алгоритм, 288-bet, ISBN 5-9265-0194-6
  • Под ред. Н. А. Трофимчука, muh. (1998), Новые религиозные культы, движения и организации в России. Словарь-справочник, М.: РАГС при Президенте РФ
  • Пашаева Н. М. (2003), Новые религиозные организации, секты и движения в России, М.: Государственная публичная историческая библиотека России, ISBN 5852091308
  • Как я пришел в Сознание Кришны. Сборник писем и историй, Омск: Поиск, 2005
  • Щипков, Д. (2002), „Русское сознание Кришны“, Независимая газета
  • Дышкант, В. В. (2004), „Способный примирять“, Столичные новости, 9-jild, № 300, 2006-05-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-03-02
  • Волчек, Д. (2004), „Строительство индуистского храма в Москве“, Radio Svoboda, 2012-03-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-11-01
  • Graham Dwyer, Richard J. Cole, muh. (2007), „Forty Years of Chanting: A Study of the Hare Krishna Movement from its Foundation to the Present Day“, The Hare Krishna Movement: Forty Years of Chant and Change, London: I.B. Tauris, 26–53-bet, ISBN 978-1845114077
  • Fasman, Jon (November 15, 2002), „He Went From Biology to Bhakti“, The Moscow Times, 2015-05-22da asl nusxadan arxivlandi
  • Mehta, Mona (December 28, 2011), „Moscow courts had dismissed Gita cases“, The Times of India, March 19, 2012da asl nusxadan arxivlandi
  • Mehta, Mona (January 2, 2012), „The Gita on trial“, The Times of India, March 19, 2012da asl nusxadan arxivlandi