Kontent qismiga oʻtish

Biskay qoʻltigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Biskay qo‘ltig‘idan yoʻnaltirildi)

Biskay qoʻltigʻiAtlantika okeanidagi qoʻltiq. Yevropaning gʻarbiy sohilida. Ispaniyaning shimoliy va Fransiyaning gʻarbiy qirgoklari oraligʻida. Maydoni 200 ming km². Oʻrtacha chuq. 1715 m, eng chuqur joyi 5100 m. Quruqlikka 400 km kirib borgan. Biskay qoʻltigʻi ga Luara va Garonna daryolari quyiladi. Tez-tez dovullar boʻlib turadi. Suvining temperaturasi fevralda 5— 12°, avgda 10—22°. Shoʻrligi 35%". Suv qalqishi sutkalik, 6,7 m gacha. Asosiy portlari: Bordo, Brest, SanSebastyan, Bilbao. Baliq va ustritsa ovlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil