Kontent qismiga oʻtish

Berkliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bkdan yoʻnaltirildi)

Berkliy, berkeliy (Berkelium), Bk — davriy sistemaning III guruhiga mansub radioaktiv element, sunʼiy yoʻl bilan olnngan aktinoidlara&n biri, atom raqami 97. Barqaror nzotoplari yoʻq. Massa sonlar" 240—251 (241 bundan istisno) boʻlgan 10 ta izotopi olingan. Uzoqyashaydigan izotoplardan 247Vk ning yarim yemirilish davri T1Gʻ2 q 1380 y; anurlanuvchi, 249Vk ning yarim yemirilish davri T1Gʻ2q314 kun; (5nurlanuvchi. Amerikalik olimlar siklotronda ameritsiy oksidi 24|At,O3 ga apurlar tushirish yoʻli bilan sintez qilgan (1949). Lantanoidlar qatorida lantandan keyin 8urinda turadigan element Shvesiyadagi Itterbn shahrining nomi bilan terbiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 8urinda turadigan Berkliy ham AQSH dat Berkli shahrining nomidan olib atalgan. Berkliy kumusheimon oqmetatl. Ikki modifikaniyada mavjud; polimorf oʻzgarish temperaturasi 980° ga yaqin; suyuqlanish temperaturasi 1050° atrofida, qaynash temperaturasi 2630° atrofida; zichligi 14,8 gGʻsm3. Berkliy juda taʼsirchan. Berkliy xossalari kam oʻrgaiilgan. Berkliy izotoplari yadro fizikasi va radiokimyoda ilmiy tadqiqot ishlari uchun qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



{{Unsurlar davriy sistemasi}}