Boʻlatchi
Boʻlatchi (Bulaji, Bulayji) (14-asr) — dugʻlatlarnint yirik amiri. Boʻlatchi haqidagi maʼlumotlar faqat Muhammad Haydar (Boʻlatchi uning katta bobosi) ning "Tarixi Rashidiy" asarida uchraydi. Boʻlatchi 1347—48 yillarda Sharqiy Turkistondagi Oqsu degan joyda Moʻgʻuliston taxtiga Tugʻluk Temurin oʻtqazgan. taxminan 1359-yil Boʻlatchi Qunduzda TugʻluqTemurxondan yorliq olgan. Ushbu yorliqqa binoan xon dugʻlat qabilasi amirlariga toʻqqizta imtiyoz bergan. Boʻlatchining akaukalari koʻp boʻlgan. Ulardan biri Qamariddin bSlib, u Moʻgʻuliston xoni Ilyosxoʻjani oʻldirib, taxtni egallagan, soʻngra, Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib, koʻp vaqt davomida Amir Temurga qarshi jang qilgan. Boʻlatchi avlodlari 1514-yilgacha Sharqiy Turkistonga hukmronlik qilishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |