Kontent qismiga oʻtish

Boʻri baxshi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo'ri baxshidan yoʻnaltirildi)

Boʻri baxshi — Sodiqoʻgʻli (1866 Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Qumariq qishlogʻi —1954) — oʻzbek xalq dostonchisi. Boʻri baxshi ning otasi Sulton shoir nomi bilan tanilgan va Fargʻona vodiysi dagi mashhur bax shilardan boʻlgan. Boʻri baxshi dostonchilikni akasi Joʻra baxshidan oʻrgangan, asosan dutor joʻrligida kuylagan. Undan "Alpomish" dostonining varianti — "Masbachcha" dostoni yozib olingan. Boʻri baxshi zamonaviy mavzularda "Hormangiz", "Norin kanali", "Kanalta", "Dangasalar" va boshqa koʻplab termalar yaratgan. Toshkentda oʻtkazilgan xalq ijodkorlari olimpiadasida qatnashgan (1938).[1]

  1. "Boʻri baxshi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.