Kontent qismiga oʻtish

Boʻshatish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo'shatishdan yoʻnaltirildi)

Boʻshatish (metallurgiyada) — toblangan poʻlatni 720° dan (kritik nuqtadan) past tragacha qizdirib, soʻngra astasekin sovitish. Boʻshatish beqaror martensitni barqaror holatga keltiradi, ichki kuchlanishlarni kamaytiradi va poʻlatning mexanik xossalarini oʻzgartiradi, yaʼni ancha yumshatib, qovushoqligini oshiradi. Boʻshatishning 3 usuli bor; a) past trada Boʻshatish — poʻlat 200° chamasi tragacha qizdirilib, astasekin sovitiladi; b) oʻrtacha trada Boʻshatish — poʻlat 200—450° trada qizdirilib, astasekin sovitiladi; v) yuqori trada Boʻshatish— poʻlat450—727° trada qizdirilib, astasekin sovitiladi. Boʻshatish temperaturasi oshgan sari poʻlatning qattiqligi va mustahkamligi pasayadi, plastikligi va zarbiy qovushoqligi oshadi. Boʻshatish usuli asbobsozlik poʻlatiga, sementlanadigan poʻlatga, pishiq konstruksion poʻlatga, prujinalar va ressorlarga, dinamik va titrama kuchlar taʼsirida boʻladigan mashina detallariga termik (issiqlik) ishlovi berishda qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil