Boʻrikalla
Boʻrikalla — qovun navi. Buxoro va Fargʻona B.si kabi xillari bor. Buxoro B.si handalak turiga kiradi. Buxoro vohasida tarqalgan. Ertapishar nav. Shakli yassi, oʻrtacha kattalikda, eng kattasining diametri 20 smdan ortiq. Ogʻirligi 2,5–3 kg. Sirti bir oz tilimtilim, tekis toʻr bilan qoplangan. Tuyey och yashilsariq, poʻstidagi gullari mayda, jigarrang dogʻ shaklida. Etining qalinligi 4,5—6 sm, och yashil, shirin, tarkibida 7,4—9,6% qand bor. Urugʻi yirik, oq, ekilganidan soʻng 57—80 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 230—360 i/ga. Uzok, joylarga yuborishga yaroqsiz. Fargʻona B.si Fargʻona vodiysida tarqalgan. Qovunning cassaba (kassaba) turiga kiradi, oʻrtapishar nav. Shakli tuxumsimon, dum va uch tomonlari toʻmtoq, uz. 20—23 sm, ogʻirligi 3,5–5 kg, sirti tekis, toʻri siyrak, dum tomoni och yashil, uch tomoni sargʻishyashil. Etining kalinligi 5—5,5 sm, yumshoq, juda shirin. Tarkibida 8—11% kand, shu jumladan 3,8—8,2% saharoza bor. Urugʻi oq, yirik, chuzinchoq. Urugʻi ekilganidan keyin 73—80 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 200—250 s/ra. Uzoqjoylarga yuborishga yaroqsiz. Joyida isteʼmol etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |