Boʻrsiq qumlari
Qiyofa
(Bo`rsiq qumlaridan yoʻnaltirildi)
Boʻrsiq qumlari – Yevropa va Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Togʻ, oʻrmon, toʻqay, choʻl va dashtlarda, hatto qishloq atrofidagi jarliklarda yashaydi. Uzunligi 0,9 m cha, dumi 0,2 m gacha. Shimoliy hududlarda qishda uyquga kiradi. Koʻp vaqtini toʻmtoq va kuchli tirnoqlari bilan kovlangan inida oʻtkazadi. Boʻrsiq qumlari hamma narsani yeydi. Mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, umurtqalilar, qushlar va ularning tuxumi, shuningdek makkajoʻxori, meva, yongʻoq, zamburugʻ kabi har xil oʻsimliklar, hatto oʻlimtiklar bilan ham oziqdanadi. Boʻrsiq qumlari tungi hayvon. Ikki yoshida voyaga yetadi. Yogʻi shifobaxsh. Junidan choʻtka qilinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |