Kontent qismiga oʻtish

Boʻtqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo`tqadan yoʻnaltirildi)

Boʻtqa — turkiy xalqlar orasida qadimdan maʼlum boʻlgan quyuq taom; asosan don (bugʻdoy, joʻxori, soʻk, guruch, manniy yormasi, gerkules va boshqalar) dan suv yoki sutda quyilguncha qaynatib tayyorlanadi. Xolim, shovla, shirguruch, moshkichirikyabn taomlar ham boʻtqa turkumiga kiradi. Boʻtqaga dondan tashqari goʻsht, sabzavot, ziravorlar ham ishlatiladi. Boʻtqa kishi organizmida oson hazm boʻladi. Yuqori toʻyimlilik xususiyatiga ega. Shuning uchun Boʻtqa keksalar va bolalarga doimiy ovqat oʻrnida koʻproq beriladi. Tayyorlanishiga koʻra Boʻtqa bir necha turlarga boʻlinadi: mas, bugʻdoy Boʻtqa, (halim), joʻxori Boʻtqa, soʻk boʻtqa, guruch Boʻtqa va boshqalar Boʻtqa tayyor boʻlgach, ustiga piyozdogʻ yoki sariyogʻ quyilib dasturxonga tortiladi[1].

  1. „Boʻtqa“. OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil